00:33 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Meditsinskaya sestra

SSV Angrendagi fojia yuzasidan qoʻshimcha maʼlum berdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov
Hodisalar
Havola olish
160 0 0

Angren shahri hududidagi avtomobil yoʻli va temir yoʻl kesishmasida avtotransport vositalari hamda yuk tashish poyezdining toʻqnashishi oqibatida ikki kishi qurbon boʻldi. Vazirlik tomonidan safarbar qilingan malakali mutaxassislar jarahatlanganlar hayoti uchun kurashmoqda.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliq saqlash vazirligi Toshkent viloyati Angren shahrida roʻy bergan yoʻl transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar borasida maʼlumot berdi.

YTH oqibatida jabrlangan 22 yoshli F. YU. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi,yuz yumshoq toʻqima jarohati hamda koʻkrak qafasi yumshoq toʻqima jarohati”, 24 yoshli A. N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz yumshoq toʻqima jarohati, koʻkrak qafasi yumshoq toʻqima jarohati”, 30 yoshli A.N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, chap koʻz yumshoq toʻqima jarohati, oʻng tizza yopiq jarohati, oʻng oyoq uchinchi barmoqning chiqishi, koʻkrak qafasi yumshoq toʻqima jarohati”, 51 yoshli X.M. esa “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, pastki jagʻning yopiq sinishi, yuzning oʻng sohasi va peshona sohasining lat yeyishi, yuqori lab lat yeyishi va yirtilishi” tashxislari bilan Angren shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimida davo muolajalari olmoqda.

Qayd etilishicha, ularning ahvoli SSV tomonidan doimiy nazoratga olingan. Vazirlik tomonidan safarbar qilingan malakali mutaxassislar jarahatlanganlar hayoti uchun kurashmoqda. Sodir boʻlgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Angren shahri hududidagi avtomobil yoʻli va temir yoʻl kesishmasida avtotransport vositalari hamda yuk tashish poyezdining toʻqnashishi oqibatida YTH sodir boʻlgani xabar qilingan edi.  “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli yuk mashinasi yuk vagonlarni tortib ketayotgan poyezdning  8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yoʻnalishda turgan “Damas” rusumli avtomobilni bosib qolgan.

“Damas” avtomobilida boʻlgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari N.A. va A.X. voqea joyida vafot etgan. Qolgan jarohat olgan 3 nafar fuqaro hamda “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi Angren shahar  tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga olib kelingan va zudlik bilan tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilib, birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular