23:47 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Novorojdennыy malchik

Namanganda chaqaloqlar qasddan oʻldirildi – Bosh prokuratura

© Sputnik / Lesya Polyakova
Hodisalar
Havola olish
499 0 0

Bosh prokuratura Namangandagi tugʻruq komplekslaridan birida yuz bergan mudhish jinoyat – chaqaloqlarning qasddan oʻldirilishi holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Namangandagi tugʻruq komplekslaridan birida yuz bergan mudhish jinoyat – chaqaloqlarning qasddan oʻldirilishi holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Xabarga koʻra, 9 sentyabr kuni Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tugʻruq kompleksiga qarashli binoning orqa xovlisidan 2 sentyabr kuni tugʻilgan qiz chaqaloqlar tirik holda topilib, jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Biroq, shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etgan.

Aniqlanishicha, 9 sentyabr kuni chaqaloqlarning birini dunyoga keltirgan ayol qizining oyoqlari notekis (nuqsonli) tugʻilganligidan achchiqlanib, undan qutilish maqsadida oʻz chaqalogʻi bilan birgalikda, sodir etayotgan qilmishi fosh boʻlib qolishini oldini-olish maqsadida shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalogʻini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tugʻruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan.
Oqibatda chaqaloqlar ogʻir tan jarohatlari olishgan.

Mazkur holat yuzasidan 09.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-kismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq kompleksi masʼul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular