16:49 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Jeleznodorojnыy znak

Yuk avtomobili va poyezd toʻqnashuvi tafsilotlari - “Oʻzbekiston temir yoʻllari”

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Hodisalar
Havola olish
488 0 0

"Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Angrenda yuk mashinasi poyezdga borib urilishi holati yuzasidan bayonot berdi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Angrenda yuk mashinasi poyezdga borib urilishi holati yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 10 sentyabr soat 3-50 da Almaliq togʻ-metallurgiya kombinatiga tegishli boʻlgan temir yoʻl kesishmasida yuk furasi katta tezlikda, shlagbaum va sfetoforning taqiqlovchi signal boʻlishiga qarmasdan temir yoʻl poyezdiga borib urilgan.  

OTMK kirish yoʻlida 8 ta vagondan iborat poyezd belgilangan tartibda manevr ishlari olib borgan vaqtda yuk mashinasi, temir yoʻl kesishmasida harakatlanish qoidalarini buzgan holda, harakatlanishdan oldin taqiqlangan svetofor mavjud boʻlishiga qaramasdan teplovoz birinchi vagon bilan toʻqnashdi.

YTH oqibatida ikki vagon relsdan chiqib ketdi. Toʻqnashuv vaqtida qarama-qarshi tomonda boshqa poyezd oʻtishini avtomobillar kutib turgan. Toʻqnashuv oqibatida “DAMAS” avtomobilida boʻlgan yoʻlovchilar jarohat oldi.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Asosiy mavzular