16:24 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vzyatiye analiza dlya provedeniya DNK-testa

Chegaradagi skelet: Oʻzbekistonda Akbulakda muzlab qolgan kishining shaxsi aniqlandi

AP Photo / Bebeto Matthews
Hodisalar
Havola olish
87101

Bahor oyida Rossiyaning Orenburg viloyati Akbulak qishlogʻida erkak kishining jasadi qoldiqlari topilgan edi. Uning shaxsi DNK ekspertizasidan keyin aniqlandi.

TOSHKENT, 18 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda Qozogʻiston va Rossiya chegarasi yaqinida topilgan jasad qoldiqlari kimga tegishli ekani aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Joriy yilning aprel oyida Qozogʻiston va Rossiya chegarasi yaqinida joylashgan Orenburg viloyatida odam skeleti topilgan. Shuningdek, voqea joyidan qoʻlqop, etik, telefon va 23 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi nomiga berilgan pasport ham topilgan.

Taxmin qilinishicha, Sardor Norboyev qish faslida Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasidagi chegarani kesib oʻtishga urinib, muzlab qolgan. 

“Skelet darhol sud-tibbiy ekspertizasiga joʻnatildi. DNKni solishtirib koʻrish uchun bizning juda koʻp vaqtimiz ketdi, chunki tekshirish Qozogʻiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan. Fond hisobidan jasad qoldiqlarini Oʻzbekistonga keltirdik va dafn etishlari uchun yaqinlariga topshirdik”, - dedi Tashqi migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari Baxtiyor Tursunov.

Uning soʻzlariga koʻra, tekshirish ishlari davom etmoqda, fojianing sabablari hozircha eʼlon qilinmagan. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun Oʻzbekiston Qozogʻiston IIV hisobotini kutmoqda.

Asosiy mavzular