07:38 29 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
190 0 0

Samarqandda olti nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanib shifoxonaga murojaat qilishgan. Ayni damda ularga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

TOSHKENT, 9 okt - Sputnik. Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan axborot berdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yil 08 oktyabr kuni soat 14-00da Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 6 nafar fuqarolar "Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfektsiyasi yengil-oʻrta darajasi" tashxisi bilan yotqizilgan.

Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar 2019 yil 06 oktyabr kuni shahardagi "Siyob dehqon bozori" hududida joylashgan ovqatlanish doʻkonchasidan "Xot-dog" mahsulotlarini xarid qilib, istʼyemol qilganliklari natijasida sogʻligʻi yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli boʻlib davolash muolajalari davom etmoqda. Siyob bozoridagi "Xot-dog" tayyorlash doʻkonchasi faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan. Ushbu holat yuzasidan ayni damda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular