06:36 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Samolet Airbus 320 Uzbekskix avialiniy

Toshkent-Yekaterinburg reysi Tyumenga qoʻnishga majbur boʻldi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Hodisalar
Havola olish
113 0 0

Toshkent-Yekaterinburg yoʻnalishi boʻyicha HY611 qatnovini amalga oshiruvchi A320 samolyoti Tyumen shahridagi zaxira aerodromiga yoʻnaltirildi.

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun, 10 oktyabr kuni Toshkent-Yekaterinburg yoʻnalishi boʻyicha HY611  qatnovini amalga oshiruvchi A320 samolyoti Tyumen shahridagi zaxira aerodromiga yoʻnaltirildi.

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasining maʼlum qilishicha, bunga Yekaterinburgdagi Koltsovo aeroportining texnik sabablarga koʻra yopilgani sabab boʻlgan. 

Taʼkidlanishicha, Koltsovo aeroporti ochilgach, Oʻzbekiston samolyoti oʻz manzilida davom etadi.

Bugun ushbu havo boʻshligʻida An-12 harbiy-transport samolyoti favqulodda qoʻndi, deya xabar qiladi RIA Novosti. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bortda boʻlgan 20 kishi omon qolgan.

Maʼlum qilinishicha, samolyot qoʻnish vaqtida havo kemasida yongʻin chiqqan va olovni oʻchirishga muvaffaq boʻlingan. Favqulodda vaziyatga samolyot shassisining chiqmaganligi sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Asosiy mavzular