13:21 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Hodisalar
Havola olish
41801

Chilonzor tumanida ikki haydovchi yoʻlovchi talashib qoldi va bu janjalga sabab boʻldi. Haydovchilardan biri ertasiga “razborka”ga ikki tanishini boshlab keldi va raqobatchisini doʻpposladi.

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Toshkentda yoʻlovchi talashgan haydovchilarning mushtlashuvi jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi bilan yakunlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga koʻra, 24 sentyabr kuni Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasidagi avtoturargohda 23 yoshli Anvar N. va 21 yoshli Shahboz U.lar orasida yoʻlovchi talashganliklari sababli kelishmovchilik yuzaga kelgach, biri ikkinchisini urgan.

Ertasi kuni Shahboz U. avtoturargohga tanishlari – 39 yoshli Oʻktam K. va 20 yoshli Abbas U.lar bilan kelgan. Anvar N. Oʻktam K. bilan gaplashib turganidan foydalanib, Shahboz U. uning orqasidan kelib Anvarni ura boshlagach, unga Abbos U. ham qoʻshilgan. Oʻktam K. esa ularni ajratgan.

Maʼlum qilinishicha, janjaldan soʻng Anvar N. tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, ammo shifokorlarga ehtiyotsizligi sababli yiqilganini aytgan.

Bir necha kundan doʻpposlangan haydovchining otasi internet tarmogʻida videoni koʻrib, Jizzax viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan.  Ariza hodisa sodir boʻlgan hududdagi ichki ishlar organi – Chilonzor tumani IIO FMBga yoʻnaltirilgan.

Ushbu hodisa yuzasidan “Bezorilik” moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Asosiy mavzular