16:36 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Passajirы vыxodyat iz samoleta uzbekskix avialiniy

"Nyu-York - Toshkent" parvozida toʻpolon koʻtargan yoʻlovchi oʻrindiqqa bogʻlab qoʻyildi

© uzairways.com
Hodisalar
Havola olish
44901

“Nyu-York – Toshkent” samolyoti parvozi vaqtida toʻpolon koʻtargan yoʻlovchini ekipaj va yoʻlovchilar birgalikda oʻrindiqqa bogʻlab qoʻyishdi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston havo yoʻllarining Nyu-Yorkdan – Toshkentga uchgan HY-102 sonli parvozi davomida, 51 yoshli yoʻlovchi bezorilik qildi, deb xabar qilmoqda Milliy aviakompaniya.

Mast holda boʻlgan, yoʻlovchi samolyot bortida toʻpolon koʻtardi. Oʻz joyini egallash haqidagi talablarga boʻy soʻnmay bort kuzatuvchilarini va atrofdagi yoʻlovchilarni haqorat qildi. oʻzining nojoʻya harakatlari bilan parvoz xavfsizligini xavf ostiga qoʻydi.

Ekipaj, boshqa yoʻlovchilar yordamda, bezorilik qilgan yoʻlovchini oʻrindiqqa bogʻlab qoʻyishga toʻgʻri keldi. Toshkentga yetib kelganidan soʻng aviatoʻpollonchi Transportda jamoat xavfsizligini saqlash boʻlimiga topshirildi, - deyilgan xabarda.

Maʼlumot uchun aviatoʻpolonchilar uchun aksariyat mamlakatlarda oʻta qattiqqoʻl jazo choralari kiritilgan. Xususan, Rossiyada aviatoʻpolonchillarning maxsus "qora roʻyxati" tuzilgan boʻlib, ular hatto jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.  

Asosiy mavzular