Samarqandda tanishini ayovsiz do‘pposlab o‘ldirgan ikki o‘qituvchi qo‘lga olindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovMujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto
Mujchina pokazivayet razbitiy kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payariq tumanida ikki o‘qituvchi 35 yoshli tanishini do‘pposlab, qasddan o‘ldirgan. So‘ngra marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tqazib, voqea joyidan yashirinishgan.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Samarqand viloyatida tanishini ayovsiz do‘pposlab o‘ldirgan ikki o‘qituvchi qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 24-oktabr kuni  Payariq tumani, Nakurt mahallasida kasbi o‘qituvchi bo‘lgan A.S. va H.B. tanishlari 35 yoshli  veterenariya bo‘limi xodimi U.S. bilan o‘zaro kelishmovchilik tufayli jajallashib qolishgan. Janjal vaqtida uning tanasining turli joylariga urib, qasddan o‘ldirib qo‘yishgan.

Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda o‘qituvchi hamkasblarini ayovsiz kaltaklatdi

So‘ngra marhumni o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi ichiga o‘tqazib, voqea joyidan yashirinishgan. 

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani prokuraturasi tomonidan qotillik sodir etgan jinoyatchilarga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “p” bandi bilan (“Qasddan odam o‘ldirish”) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘qituvchi hamkasblarini ayovsiz kaltaklatgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0