20:13 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
9801

“Navoiy azot”ga qarashli PVX zavodida 4 kishi nomaʼlum gazdan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. SSV mazkur holatni qatʼiy nazoratga olgan.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik.  “Navoiy azot”ga qarashli PVX zavodida 4 kishi nomaʼlum gazdan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida qayd etilishicha, 28 oktyabr kuni taxminan soat 16:00da Navoiy viloyati “Navoiy azot” AJga qarashli PVX zavodida nomaʼlum kuydiruvchi gazdan ingalyatsion zaharlanish yuz bergan. 

Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Favqulodda vaziyatda jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toksikologiya boʻlimiga yotqizilgan. 

Taʼkidlanishicha, tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarning ahvoli baholanib, ularga zamonaviy davolash standartlari boʻyicha malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

SSV mazkur holatni qatʼiy nazoratga olganini va bemorlarning ahvoli yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berishini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular