02:24 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
397 0 0

Rossiyaning Naryan-Mar shahrida erkak bogʻchaga bostirib kirib, 6 yoshli bolani oʻldirdi. Gumonlanuvchi qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiyaning Naryan-Mar shahrida 6 yoshli bolani oʻldirishda gumonlangan 36 yoshli erkakni qoʻlga oldi, deb xabar qildi Tergov qoʻmitasi. RIA Novosti xabariga asosan.

Mudhish voqea shaharning SSSRning 60 yilligi koʻchasidagi “Ertak” nomli bogʻchada sodir boʻldi.

Bolalar uxlayotgan vaqtda erkak bogʻchaga kirib, 6 yoshli bolaga pichoq bilan zarba beradi, bola joyida vafot etdi.

Gumonlanuvchi zudlik bilan qoʻlga olindi. Erkak mast holda boʻlgani maʼlum boʻldi.

Jinoyat sabablari nomaʼlum.

Tergovchilar qotillik hamda bogʻcha qorovullarga nisbatan sovuqqonlik va “xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni taqdim etish" boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi.

Nenetskiy avtonom okrugi gubernatori Aleksandr Tsibulskiy soʻzlariga koʻra, qoʻlga olingan shaxs narkodispanser hisobida turgan.

Asosiy mavzular