08:26 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
167 0 0

Gumonlanuvchi fitnes-klublardan birining kiyinish xonasida boʻla turib, 36 yoshli B.R.ga tegishli 4100 dollar va 1,1 mln soʻmni oʻmarib ketgan.

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Toshkentdagi fitnes-klubda oʻgʻrilik sodir etgan shaxs qoʻlga olindi

IIBB xabariga koʻra, Shayxontoxur tumanida 34 yoshli J. S. fitnes-klublardan birining kiyinish xonasida boʻla turib, 36 yoshli B.R.ga tegishli 4100 dollar va 1 100 000 soʻmni oʻgʻirlagan. Soʻngra voqea joyidan yashiringan.

Ushbu fakt asosida Oʻzbekiston JKning 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Xabarda olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida gumonlanuvchi qoʻlga olingani qayd etilgan.

Asosiy mavzular