22:32 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Musulmanka v xidjabe

Chegara postiga hujum qilgan terrorchi-ayollar qayerda tayyorgarlik koʻrgani maʼlum boʻldi

© Flickr / Hani Amir
Hodisalar
Havola olish
221820

Chegara postiga hujum qilgan barcha ayollar Tojikiston hududida qator teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan shaxslar orasida besh nafar ayollar boʻlgan, deb xabar qildi Tojikistondagi "SSSR" gazetasi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Otishma vaqtida ikki nafar ayol oʻldirildi, qolganlari – qoʻlga olindi va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan soʻroq qilindi.

Jinoiy guruhida omon qolgan ayollar Soʻgʻd viloyatining Istaravshan shahrida tugʻilgani maʼlum boʻldi.

Bu ayollar Afgʻoniston hududida xudkush-terrorchi sifatida ISHID* maxsus jamloqlarida uzoq vaqt davomida tayyorgarlik koʻrgan.

Bundan avval Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjon Emomali tojik-oʻzbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan jangarilar barchasi Tojikiston fuqarolari boʻlganligini aytgandi.

Napadeniye na pogranzastavu v Tadjikistane

Eslatib oʻtamiz, 6 noyabr kechasi 20 nafarga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60 km masofada, oʻzbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat oʻqotar qurolni egallab olishgan edi.

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yoʻq qilinib, 5 tasi qoʻlga olingan.

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabariga koʻra, qoʻlga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular