07:41 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
500 0 0

Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida neftda tonnalab kamomad, millionlab ortiqchalik va resurslarning asossiz hisobdan chiqarilganligi holatlari aniqlandi.

TOSHKENT, 7 noyab - Sputnik. “Oʻzneftgazinspektsiya” mutaxassislari mutasaddi korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda davom etmoqda. Bu galgi tekshiruv ishlari “Qarshi neft bazasi” jamiyatida boʻlib oʻtdi, xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jamiyat va unga qarashli filiallarning neft mahsulotlari sigʻimlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldigʻi bilan hisobxona qoldigʻi taqqoslanganda hamda sifat tahlili uchun namunalar olinganda jami 11 mlrd 535 mln. soʻmlik manbaalar aniqlandi.

Jumladan, 220,3 mln. soʻmlik 38,4 tonna kamomad, 50,9 mln. soʻmlik 5,7 tonna ortiqchalik hamda 160,1 mln. soʻmlik 26,4 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 514,6 mln soʻmlik 97703 litr mahsulot sifati buzilganligi hamda 7 mlrd 512 mln soʻmlik 3850 tonna neft mahsulotlarni “Oʻzbekneftgaz” AJ ruxsatisiz AYOQShlarga imtiyozli narxlarda tarqatish holatlari aniqlandi.

Bundan tashqari, jamiyatga qarashli sigʻimlarda saqlanayotgan sigʻimlardan neftmahsulotlarning sifatini aniqlash uchun naʼmunalar olinib Oʻzneftegazinspektsiyaning Toshkent nazorat-kimyo laboratoriyasiga topshirildi.

Sifat tahlili natijasida jami 514,6 mln soʻmlik 97703 litr neft mahsulotlari sifati buzilganligi aniqlandi.

Nazorat va tahlil natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan xujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Mahsulot narxi joriy yil 7-11 oktyabr kunlari tovar-xomashyo birjasining oʻrta statistik koʻrsatkichlari asosida koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular