19:33 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ubiystvo nojom

Bekobodda 3 nafar voyaga yetmagan shaxs mast holatdagi ikki kishini pichoqladi

© Sputnik /
Hodisalar
Havola olish
116 0 0

Mast holatda boʻlgan ikki nafar shaxs sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam boʻlimiga keltirilgan.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Bekobodda 3 nafar voyaga yetmagan shaxs ikki kishini pichoqladi. Yarim tunda mast holatda boʻlgan ikki nafar shaxs sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam boʻlimiga keltirilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Aniqlanishicha, 5 noyabr kuni soat 00:30 da voyaga yetmagan 17 yoshli YA.T. oʻzining tengdoshlari D.R., D.P.lar bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod shahar 13-dahada joylashgan “Mohinur” kafesida boʻlgan va  shu yerda ovqatlanib oʻtirgan S.X. va YO.S.lar bilan oʻzaro janjallashib qolgan.

Janjal vaqtida oʻsmirlar ularga qoʻl va oyoqlari hamda pichoq yordamida tan jarohati yetkazishgan. Soʻngra hodisa joyidan yashiringanlar.

Tergov tezkor guruhi hodisa joyidan ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 77-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik) va 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, bezorilik oqibatida) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumon qilinuvchilar qoʻlga olingan va holat yuzasidan soʻroq qilinganlar. 

Qayd etilishicha, soʻroq jarayonida ular iqrorlik koʻrsatuvlari berib, gumon qilinuvchi D.R. bir dona pichoqni oʻz xohishi bilan tergovga taqdim etgan.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular