21:06 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Paxta neft zavodi

Oʻzbekiston strategik obʼyektlarining birida navbatdagi talon-tarojlik

© Minenergy of Uzbekistan
Hodisalar
Havola olish
405 0 0

Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish, neft mahsulotlarini oʻzlashtirish, qator kamomad va ortiqchalik holatlari aniqlandi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. “Oʻzneftgazinspektsiya” tomonidan respublika boʻylab nazorat tadbirlari oʻtkazilishi davom ettirilmoqda, xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Navbatdagi tekshiruv ishlari Paxta neft bazasida boʻlib, ushbu jamiyat tomonidan neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, tarqatish, kirim-chiqish hisobining yuritilishi oʻrganilganda jami 2,7 mlrd. soʻmlik manbaalar aniqlandi.

Jumladan, neft mahsulotlari sigʻimlaridagi mahsulotning haqiqiy qoldigʻi bilan hisobxona qoldigʻi taqqoslanganda jami 300,0 mln. soʻmlik 32,0 tonna kamomad hamda 0,476 mln soʻmlik 0,083 tonna ortiqchalik mavjudligi aniqlandi.

Joriy yil martdan-oktyabrga qadar isteʼmolchilarga yetkazib berilgan neft mahsulotlarini avtotarozi orqali xaridor haqidan urib qolish hisobiga 1 mlrd 614 mln soʻmlik 222,5 tonna neft mahsulotlari oʻzlashtirilganligi maʼlum boʻldi. (Mahsulot qiymati 2019 yil 10 oktyabr holatiga boʻlgan oʻrtacha birja kotirovkalari asosida hisoblangan).

Shu bilan birga berilgan bayonotga koʻra, jamiyatdagi 26-sigʻimda saqlanayotgan 111 468 kg miqdordagi  moyning sifati GOST 8581-78 talabiga muvofiq emas, yaʼni mahsulot sifatsiz deb topilgan. (Mahsulot qiymati 2019 yil 7-11 oktyabr holatiga boʻlgan oʻrtacha birja kotirovkalari boʻyicha 828,8 mln soʻmni tashkil qiladi).        

Aholiga xizmat koʻrsatish va savdo bilan bogʻliq holatlarda ham kamchiliklar qayd etildi. Tekshiruv davomida neft mahsulotlarining isteʼmolchilarga yetkazib berilmaganligi qayd etildi. Hududga kiraverishdagi avtomobil tarozilari qasddan oʻzgartirib qoʻyilgan hamda avtotsisternalar ogʻirligi 140 kilogrammgacha kamaytirib koʻrsatilgan.

Natijada, soʻnggi yarim yil ichida qariyb 222,5 tonna turli xildagi neft mahsulotlari isteʼmolchilarga yetkazib berilmay oʻzlashtirilgani aniqlandi.

Ayni paytda paxta neft bazasining faoliyatini tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida davom etmoqda. Tekshiruv natijasida hujjatlar tegishli organlarga topshirildi.

Asosiy mavzular