22:54 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
SIZO

Respublika akusherlik va ginekologiya tibbiyot markazidagi kirdikorlar fosh etildi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Hodisalar
Havola olish
437 0 0

Maʼlum qilinishicha, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari respublikaning qator tijorat banklari va xususiy korxonalari bilan til birikib oʻtgan salkam ikki yili dvaomida ilmiy-amaliy markaz byudjetini talon-taroj qilib kelgan.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Operatsiya
Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana

Maʼlum qilinishicha, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yoʻli” bankining Mirzo Ulugʻbek filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MCHJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018 va joriy yilning oʻtgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. soʻm pul mablagʻlarini talon-toroj qilgan.

Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular