09:56 05 Iyul 2020
Efir
  • RUB145.97
  • EUR11411.48
  • USD10173.38
Hodisalar
Havola olish
248 0 0

Uning sogʻligi holati ogʻir deb baholanmoqda va u koma holatida intensiv terapiya boʻlimiga joylashtirilgan.

TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. 12 noyabr kuni Polshada Oʻzbekiston fuqarosi YTHga uchradi.

Mamlakatning Polshadagi elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, fuqaro Gʻ.B. koʻp sonli jarohatlar bilan Poznan shahri kasalxonasiga yotqizilgan. Uning sogʻligi holati ogʻir deb baholanmoqda va u koma holatida intensiv terapiya boʻlimiga joylashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, elchixona vaziyatni nazoratga olgan va Polsha vakolatli organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi. Poznan shahri politsiya boshqarmasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departament Polsha hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarurat tugʻilgan holatlarda Oʻzbekistonning Varshava shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +48-22-894-62-30 (2)

Asosiy mavzular