TIV Moskvadagi o‘zbekistonliklar ishtirokidagi ommaviy mushtlashuv sababini aytdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Moskva shahrida migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mazkur hodisadan so‘ng 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Moskva shahridagi o‘zbekistonliklar ishtirokida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvga futbol musobaqasida qoidalar buzilishi natijasida kelib chiqqan nizo sabab bo‘lgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi ma’lumotiga asoslanib xabar qildi.

Sotrudniki kommunalnix slujb - Sputnik O‘zbekiston
Moskva markazida ko‘cha supuruvchilar ommaviy mushlashuvi sodir bo‘ldi  

Qayd etilishicha, mazkur hodisa natijasida 15 kishi qo‘lga olingan Ulardan 10 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra jarohatlanganlar mavjud emas. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Xabarda elchixonaning konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva markazida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani xabar qilingan va mushtlashuv ishtirokchilari qaysi davlat fuqarolari ekanligiga oydinlik kiritilmagan edi.

Yangiliklar lentasi
0