12:58 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
222 0 0

Rustam Kariyev boshchiligida Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi 4 karra jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasining 4 karra jahon chempioni unvoni sazovor boʻlishiga hissa qoʻshgan bosh murabbiy Rustam Kariyev 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga tayanib xabar qilmoqda.

Rustam Kariyev 1951 yil 15 yanvarda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha koʻtarilgan.

1988 yilda esa Afgʻonistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron boʻlib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998 yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga oʻzgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati gʻolibi, koʻp bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi aʼzolari tashkil etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritadi.

Rustam Kariyevning mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yoʻlidagi xizmatlari mamlakat tomonidan munosib ragʻbatlantirilgan holda “Doʻstlik” ordeni va qator yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Asosiy mavzular