Buxoroda 58 yoshli fuqaroni poyezd urib ketdi

© Sledstvenniy departamentV Buxare poyezd sbil cheloveka
V Buxare poyezd sbil cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta tezlikda harakatlanib kelayotgan poyezdning urib yuborishi natijasida fuqaro hodisa joyda vafot etgan.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. IIV huzuridagi Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqlar orqali 58 yoshli fuqaroni poyezd urib yuborganligi bilan bog‘liq tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, kecha 5-dekabr kuni soat 04:55 larda 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poyezdi Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Yakkatut-Murg‘ak bekatlari oralig‘idagi 4012 km. 1-piketida harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda elektrovoz mashinisti boshqaruvidagi yuk poyezdi temir yo‘lni kesib o‘tayotgan 58 yoshli piyodani G.X.ni urib yuborishi natijasida fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0