Mijoz lizing kompaniyasiga 49 million so‘m to‘lab ham mashinasini ololmadi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro K. Ataniyazov lizingning birlamchi to‘lovi – 49 mln. 250 ming so‘m to‘lab ham Kobalt mashinasini ololmagan.

TOShKENT, 13 yanv – Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro K. Ataniyazov lizingning birlamchi to‘lovi –  49 mln. 250 ming so‘m to‘lab ham Kobalt mashinasini ololmagan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumenti - Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro MIB yordamida 119,1 mln. so‘mlik omonatini qaytarib oldi

Qayd etilishicha, qoraqalpog‘istonlik fuqaro K.Ataniyazov “Umid Savdo Fayz Invest” MChJ bilan 2018-yil 2-noyabrda “Kobalt” rusumli avtomashinasini xarid qilish to‘g‘risida shartnoma tuzgan. Mijoz shartnoma asosida lizingning birlamchi to‘lovi sifatida kompaniyaga 49 mln. 250 ming so‘m to‘lagan. 

Biroq shartnoma bo‘yicha birlamchi to‘lov to‘langandan so‘ng 120 kun mobaynida mashinaning o‘z egasiga topshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishiga qaramay, 120 kundan ortiq vaqt o‘tsa hamki mashinadan darak bo‘lmagan.

Mijoz 2019-yil 8-avgustda “Umid Savdo Fayz Invest” MChJni Nukus filialiga shartnomani bekor qilish va to‘langan pulni qaytarish to‘g‘risida ariza bilan qayta murojaat qilgan. Shartnomada shuningdek, pul  arizachining hisob raqamiga ariza berilgan vaqtdan e’tiboran 40 kun mobaynida tushishi kerak bo‘lgan. Ammo jamiyat tomonidan fuqaroning ushbu huquqi ham poymol etilgan.

Murojaatlar ortidan sarson bo‘lgach, K.Ataniyazov oxirgi chora sifatida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligiga murojaat qilgan.

Agentlik mutaxassislari tomonidan murojaat jiddiy o‘rganib chiqilib, bugungi kunda iste’molchining qonuniy huquqi tiklangan. Unga shartnoma bo‘yicha to‘langan summaning to‘liq qaytarilishiga erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0