15:28 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
406 0 0

Viloyat yongʻin xavfsizligi boshqarmasining xabar qilishicha, yongʻinga bino tomidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 16 yanv - Sputnik. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti korpuslaridan birida yongʻin chiqdi. Alanga olgan bino aks etgan video “Potrebitel Buxara plyus” telegram kanaliga joylashtirilgan.

Bino chorshanba kuni tushlik vaqtida yongan. Videoda bino ichidan qora tutun osmonga koʻtarilayotgani tasvirlangan.

Viloyat yongʻin xavfsizligi boshqarmasining Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar qilishicha, yongʻinga bino tomidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab boʻlgan.

Yongʻinni bartaraf etishga ikkita qutqaruv boʻlinmalari ishtirok etgan. Hodisa joyiga viloyat va shahar FVV rahbarlari va Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi rahbariyati yetib kelgan.

Yongʻin natijasida yetkazilgan zarar aniqlanmoqda. Qurbonlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

 

Asosiy mavzular