Hamshiradan pora talab amaldorga qarshi jinoyat ishi ochildi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi. Qo‘lga olish tadbiri DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Hamshiradan pora talab qilgan Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan shahar prokuraturasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir natijasida Ohangaron tuman tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari bo‘limi xodimi F.A. navbatchi hamshira Ya.A.ni boshqa bo‘limga hamshiralikka o‘tkazib berishni va’da bergan.

Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Tug‘ruqxonadagi jirkanch jinoyat: chaqaloq yuz dollarga sotildi

Evaziga esa undan 200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tadbir davomida F.A. ushbu 200  dollarni tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.T.ga yetkazib berishi lozimligini ma’lum qilgan.

Tezkor tadbir shu joyida davom ettirilib, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.T. 200 dollarni F.A. orqali pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiya ko‘payganini ma’lum qilgani xabar qilingan edi. So‘nggi ikki yilda tizimdagi 581  nafar xodimlar turli jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0