06:22 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Hodisalar
Havola olish
536 0 0

Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmasiga asosan yongʻin sabablarini oʻrganish, jabrlanganlar va halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam koʻrsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzildi.

TOSHKENT, 21 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmasiga asosan yongʻin sabablarini oʻrganish, jabrlanganlar va halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam koʻrsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi. FVV xabariga asosan.

Jumladan:

- halok boʻlgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish;

- jabrlanganlar va halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish;

- Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yongʻinni kelib chiqish sabablarini oʻrganish;

- mahalliy hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila aʼzolariga dafn marosimlarini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish.

Bugun, 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yogʻochdan qurilgan yongʻin sodir boʻldi va uning oqibatida 11 kishi halok boʻldi. FVV tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida halok boʻlgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Asosiy mavzular