"Yuteyr" aviakompaniyasi samolyotining "qattiq qo‘nishi" videoga olindi

© Foto : GU MChS Rossii po Respublike KomiSamolet UTair sovershil jestkuyu posadku v aeroportu Usinska. 9-fevralya 2020
Samolet UTair sovershil jestkuyu posadku v aeroportu Usinska. 9-fevralya 2020 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Komi aeroportida "Yuteyr" aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti "qorniga" qo‘ndi, voqeada hech kim jabrlanmadi.

TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Kecha 9-fevral kuni Rossiyaning Komi Respublikasida samolyot "qattiq qo‘nishi" sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Russia Today axborot agentligi. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Yuteyr" aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737 samolyoti qo‘nish vaqtida kuchli shamol esayotgan bo‘lgan. Samolyot shassisi uchish-qo‘nish yo‘lagiga yetganda sinib ketgan.

Oqibatda samolyot "qorniga" qo‘ngan. Ekipaj hatti-harakati bilan samolyot to‘liq to‘xtaguniga qadar  yo‘lakdan chiqib ketmagan.Voqeada hech kim jabrlanmagan. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, aeroportla samolyotni qo‘nish yo‘lagiga aniq moslashtirish tizimi (ILS) hamda uchish-qo‘nish yo‘lagini yoritib turuvchi chiroqlar ham ishlamayotgan bo‘lgan. 

Yangiliklar lentasi
0