09:29 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Hodisalar
Havola olish
518 0 0

25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Polejayevsk parkidan qaytayotganida 4 kishining hujumiga uchragan, ulardan biri nomaʼlum quroldan foydalanib, uning bosh qismiga otgan.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Polejayevsk parkidan qaytayotganida 4 kishining hujumiga uchragan, ulardan biri nomaʼlum quroldan foydalanib, uning bosh qismiga otgan. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, holat 7 fevral kuni kech soat 21:30 da sodir boʻlgan. Doʻkonda yordamchi ishchi sifatida ishlovchi 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgning Polejayevsk parkidan qaytayotganida uni toʻrt kishi toʻxtatib, ismini soʻragan va ulardan biri nomaʼlum quroldan foydalanib, uning bosh qismiga otgan.

Yarador boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi u yerdan qochgan va uyiga yetib kelib, tez yordam chaqirgan.

Holat boʻyicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Oʻzbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsulligi hamkorligida Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan tezkor aloqa oʻrnatilgan.

1994 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi S.N ga Sankt-Peterburg shahridagi 26-sonli kasalxona shifokorlari tomonidan zarur tibbiy yordam koʻrsatilgan. Uning hayoti xavf ostida emasligi sababli 8 fevral kuni uyiga ruxsat berilgan.

Hozirda Oʻzbekiston fuqarosiga hujum qilganlarning 3 nafari ushlangan va ularga nisbatan Rossiya Federatsiyasi JKning 111-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ayni damda holat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan nazoratga olinib, fuqaroga zarur huquqiy yordam koʻrsatilmoqda.

Asosiy mavzular