01:03 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
1115 0 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, N.Axmedova 2019 yilning sentyabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan

TOSHKENT, 13 fev - Sputnik. Toshkent shahridan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanalidan topilgan ayol shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayangan holda.

Eslatib oʻtamiz, sal avvl bugun, 13-fevral kuni, Chilonzor tumanidan oqib oʻtuvchi "Boʻrijar" kanalidan yoshi taxminan 55-60larda boʻlgan osiyo millatiga mansub ayol kishining jasadi topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jasad tanasida zoʻravonlik izlari boʻlmagan.

Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida murda Shayhontohur tumanida yashagan, 1954 yilda tugʻilgan Axmedova N. ekanligi uning turmush oʻrtogʻi tomonidan tanib olingan.

Tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga koʻra, ayolning oʻlimi yuqori nafas yoʻllarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfiktsiyadan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, N.Axmedova 2019 yilning sentyabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan.

Ayni vaqtda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Asosiy mavzular