20:39 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
272 0 0

Tashqi ishlar vazirligi Moskva metro stantsiyasida bolasini tashlab ketgan ayol haqida maʼlumot berdi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 21 fev – Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik boʻlimi  Oʻzbekiston fuqarosi M.K. qoʻlga olingani toʻgʻrisida va OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

“U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa oʻrnatgan. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular