21:29 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
753 0 0

Samarqand viloyatida oʻzini oʻzi oʻldirgan erkak yonidan bir necha kun oldin xotinini oʻldirgani haqidagi xat topildi.

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Samarqandda oʻz joniga suiqasd qilgan erkakning yonidan ayoli qasddan oʻldirib, ustidan qulflab ketganligi haqida yozilgan xat topilgan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 22 fevral kuni Samarqand viloyati, Payariq tumani, Chelak shahri, Koʻktepa qishlogʻidagi raqamsiz uyda yashovchi fuqaro J.G oʻzini oʻzi osib, hayotdan koʻz yumgan.

Uning choʻntagidan 17 fevral kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahri, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh koʻchasidagi xonadonda turmush oʻrtogʻi N.G.ni qasddan oʻldirib, ustidan qulflab ketganligi haqida yozilgan xat topilgan.

Xat mazmuni asosida yuqorida qayd etilgan xonadon koʻzdan kechirilib,  haqiqatan ham fuqaro N.G.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, N.G.ning tanasida “Boʻyin aʼzolarining qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiktsiya” jarohatlari mavjudligi aniqlangan. Sodir boʻlgan hodisaning sabablari hozircha maʼlum emas.

Holat boʻycha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Asosiy mavzular