23:21 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
1018 0 0

Jizzaxda fermer dalasidan norasida egizak oʻgʻil chaqaloqlar oʻlik holda topildi. Ularni 22 yoshli qiz dunyoga keltirib, tashlab ketgan.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Jizzax viloyati Doʻstlik tumanining “Manas” qishloq fuqarolar yigʻinidagi ochiq daladan egizak chaqaloqlar jasadi topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 46 yoshli Oʻ.R. “Oqoltin ostonasi koʻrki” fermer xoʻjaligi hududidagi beton ariq yonidan sumka ichida qora rangli polietilen paketga solingan egizak oʻgʻil chaqaloqlarni oʻlik holda topib olgan. Soʻngra  hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisiga xabar qilgan.

“Ekspertiza xulosasiga koʻra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli boʻlib tugʻilgan”, - deyilgan xabarda.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida topilgan chaqaloqlarni oʻsha yerda istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 22 yoshli X.G. dunyoga keltirib, tashlab ketgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv olib borilmoqda.

Asosiy mavzular