12:54 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1094)
55810

Videotasvirdagi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi va uning yaroqsiz holda tashlangan tibbiy niqoblarni nima maqsadda terib olayotganligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilarni titkilab,  tibbiy niqoblarni yigʻib olayotgan nomaʼlum fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritildi. Bu haqda IIV axborot xizmati maʼlum qildi. 

Joriy yilning mart oylarida ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilarni titkilab, yaroqsiz holda tashlab yuborilgan tibbiy niqoblarni terib olayotgan shaxs aks etgan videorolik tarqaldi. Videorolikda ushbu shaxsni ikki nafar nomaʼlum fuqaro suhbatga tortishga urinishgan va holatni uyali aloqa vositasi orqali videotasvirga olishgan.

Chiqindi toʻkish joyidagi tibbiy yuz niqoblarini yigʻayotgan shaxsning tasviriga oydinlik kirtish maqsadida IIV axborot xizmati xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.

Natijada,  ushbu holat joriy yilning 8-mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston tumanida oʻtkinchi yoʻlovchilar tomonidan tasvirga olinganligi maʼlum boʻlgan.

Videotasvirdagi fuqaroning shaxsiga oydinlik kiritilganida, uning ruhiy nosogʻlom ekanligi aniqlangan. Soʻng uning oila aʼzolari bilan tushuntirish-profilaktik suhbatlari olib borilgan.  

Fuqaro yashayotgan hudud mahalla raisining maʼlum qilishicha, fuqaro ruhiy nosogʻlomligi boʻyicha roʻyxatda turib, 2 guruh nogironi hisoblanadi.  

"U maskalarni yigʻib mahallaga sotmagan, shunchaki tibbiy niqoblarni makulaturaga topshirish uchun yiqqan," – deydi mahalla raisi.

IIV axborot xizmati fuqarolardan toʻliq ishlatilgan yuz niqoblarini imkon qadar yaroqsiz holatga keltirib, soʻng chiqindilarga tashlashni tavsiya qilmoqda. 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1094)

Asosiy mavzular