02:35 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
202301

Sirdayodagi "Sardoba" suv omborida suv toshish xavfi mavjud boʻlgani tufayli 3 qishloq aholisi evakuatsiya qilindi.

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Bugun, erta tongda, Sardoba suv omboridagi toʻgʻondan suv siza boshladi, aholining bir qismi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.

"1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga suv kirgan", - deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bayonotida.

Ushbu hodisa oqibatida asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Shunday boʻlsada, FVV boshqarmasi tomonidan Sardoba tumani “Qoʻrgʻontepa” MFY suv omborining atrofidagi qator aholi yashash punktlari Mirzaobod tumaniga evakuatsiya qilindi. Xususan, "Qoʻrgʻontepa", "Doʻstlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11598 nafar aholi xavfsiz joyga koʻchirilgan.

Bundan tashqari, suv bosish xavfi boʻlgan “Quytosh”, “Ota yurt”, “Birlik” MFYlaridan aholini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbirlarga Sirdaryo viloyati FVBdan 430 nafar shaxsiy tarkib va 5 avtotexnika, Jizzax viloyati FVBdan nafar 120 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MVBRQMdan nafar 60 shaxsiy tarkib, 6 ta avtotexnika, MGdan nafar 276 shaxsiy tarkib, 43 avtotexnika hamda hududiy FVDT xizmatlari jalb etildi. 

Jabrlangan va halok boʻlganlar boʻyicha maʼlumot kelib tushmagan. Vaziyat nazorat ostiga olingan. 

 

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular