02:09 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)
164210

Sirdaryoda suv toshishi xavfi mavjud boʻlgan bir necha qishloq aholisi Jizzax viloyatiga va boshqa xavfsiz joylarga koʻchirildi.

TOSHKENT, 1 may - Sputnik. Sirdaryodagi Sardoba suv omboridan suv chiqish toʻxtadi deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati. 

"Ayni vaqtda “Sardoba” suv omboridan suv chiqish hodisasi toʻxtaganligi haqida maʼlum qilindi. Sardobada sodir boʻlgan suv toshqini viloyatning boshqa hududlarida kuzatilmagan. Hukumat komissiyasi tomonidan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya qilingan aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qator choralar koʻrilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Biroz oldin FVV toshqin oqibatlarini bartaraf etish maqsadida uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi Abay kanaliga tushirilib, Jizzax viloyatidagi Arnasoy koʻliga yoʻnaltirilganini xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bugun 1 may kuni soat 05:55da “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan va Sardoba tumani Qoʻrgʻontepa aholi yashash punktiga, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat” va “Bahoriston” MFYlari aholi yashash punktlariga qisman suv kirgan.

Oqibatda "Qoʻrgʻontepa", "Doʻstlik", "Yurtdosh" MFYlardan jami 11598 nafar aholi xavfsiz joyga koʻchirilgani haqida xabar qilingan edi.

Keyinroq Oqoltin tumanidagi “Ahillik”, “Shodlik”, “Saxovat”, “Navoiy”, “Doʻstlik”, “Koʻrkamdiyor”, “Toshkent”, “Yangihayot”, “Obod” va “Mustahkam” MFYlarining aholisi Jizzax viloyati Gagarin shaharchasiga vaqtinchalik koʻchirildi. Aholiga 6000 dona niqob, 80 dona antiseptik vosita, 200 juft bir martalik qoʻlqoplar va boshqa tibbiyot vositalari tarqatildi.

Bundan tashqari, Sardoba shaharchasidagi aholini ham Jizzax viloyati Gagarin aholi yashash punktiga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Mirzaobod tumanidagi “Beruniy”, “Paxtaobod”, “Baliqchi”, “Haqiqat”, “Bahoriston”, “Yangiovul” va “Doʻngariq” MFYlari aholisi suv toshish xavfi boʻlgani uchun Yangiyer shahriga evakuatsiya qilinmoqda.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (56)

Asosiy mavzular