20:39 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
1360 0 0

Sirdaryo viloyati IIB yaxshilik, xayr-saxovat va mehr-oqibatga boy fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim firibgarlarga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

TOSHKENT, 10 may - Sputnik. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boʻlimi Sardoba fojeasini peshava qilib shaxsiy hisob raqamiga 41 miliondan ortiq mablagʻ jamlagan firibgarlar haqida ogohlantirdi

"Ijtimoiy tarmoqlarda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida “Diqqat hayriya – Sardobada uy quramiz” deb fuqaro D.J nomiga “Davrbank”dan ochilgan plastik kartasiga 2020 yilning 02 may kunidan 08 may kuniga qadar 41 679 708 (qirq bir million olti yuz yetmish toʻqqiz ming yetti yuz sakkiz) soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari yigʻilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat boʻyicha surushturuv ishlari olib borilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Shu sababli Sirdaryo viloyati IIB fuqarolardan ijtimoiy tarmoq va boshqa joylarda tekshirilmagan maʼlumotlar orqali hayriya qiling, uy quramiz, yordam beramiz deb bong urayotgan ayrim firibgarlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Eslatib oʻtamiz, 1 may kuni Sirdaryoda sodir boʻlgan favqulodda holatdan soʻng 70 mingda ortiq aholi evakuatsiya qilingan edi. Shundan soʻng butun Oʻzbekistondan jabrlanganlarga yordam aktsiyasi boshlanib ketdi. Barcha mahalla, tashkilot va boshqa uyushmalar oʻz qamrovi asosida mablagʻ, oziq-ovqat, kiyim-kechak, oʻquv qurollari va kitoblar jamlay boshladi. Xayriya yordamlari viloyat va shaharlar boʻyicha bir joyga toʻplanib markazlashtirilgan tartibda Sirdaryo viloyatiga yetkazib berildi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular