12:27 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
306 0 0

Traktor haydovchisi transport vositalari harakati uchun moʻljallanmagan choʻl hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda traktor tirkamasi sirpanib zovurga agʻdarilgan.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Buxoro viloyati Romiton tumanida traktor tirkamasining zovurga agʻdarilishi oqibatida ikki nafar ayol hayotdan koʻz yumdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, hodisa 12 may kuni “Normurod Niyoz” fermer xoʻjaligi dala hududida sodir boʻlgan. 45 yoshli traktor haydovchisi transport vositalari harakati uchun moʻljallanmagan choʻl hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda traktor tirkamasi sirpanib zovurga agʻdarilgan. Bunga yomgʻir yogʻib, yoʻllar loy boʻlganligi sabab boʻlgan.

Natijada tirkama ustida boʻlgan ikki nafar 33 yoshli va 34 yoshli ayol halok boʻlgan. Yana bir 38 yoshli ayol tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular