17:27 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Hodisalar
Havola olish
325 0 0

Kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida Oltinsoy tumani hududidan oqib oʻtuvchi Oltinsoy soyining suv hajmi sezilarli darajada oshgan. Ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz hududga vaqtincha koʻchirildi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Boysun va Oltinsoy tumanida sel keldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, 13 may kuni kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida Oltinsoy tumani hududidan oqib oʻtuvchi Oltinsoy soyining suv hajmi sezilarli darajada oshgan.

Suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli uning oldini olish maqsadida ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz hududga vaqtincha koʻchirildi.

Bundan tashqari, shu kuni Boysun tumanidagi Pasurxi mahallasiga Boysun togʻ tizmasiga surunkali yomgʻir yogʻishi natijasida Oybarak soyi orqali sel kelgan.

Shuningdek, tumanning Hunarmandlar mahallasidan oqib oʻtuvchi Avlod soyi orqali sel kelishi oqibatida Avlod hamda Sariosiyo qishloqlarini bogʻlab turuvchi koʻprikni suv bosganligi tufayli avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha toʻxtatilgan.

V Surxandarinskoy oblasti navodneniye: evakuirovano 900 chelovek
V Surxandarinskoy oblasti navodneniye: evakuirovano 900 chelovek

Vaziyat viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan toʻliq nazoratga olingan. Ayni damda boshqarma qutqaruvchilari hamda FVDTning 150 dan ortiq xodimi, shuningdek, 20 ga yaqin texnika yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Sel oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Navoiy viloyati Zarafshon shahrida kuchli yogʻingarchilik sababli sel kelgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular