TOShKENT, 18-may — Sputnik. Farg‘onada traktor bosib yuborgan uch yoshli bola qurbon bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 17-may kuni Qo‘shtepa tumani, Uqchi mahallasi ichki yo‘lida sodir bo‘lgan.
41 yoshli haydovchi traktorni boshqarib ketayotib, Kumariq ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan uch yoshli piyoda M.N.ni tirkamaning orqa chap g‘ildiragi bilan bosib yuborgan.
Natijada piyoda voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.