19:45 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Hodisalar
Havola olish
308 0 0

Gʻazalkentda joylashgan “Xotira” maydonidagi “Motamsaro ona” haykali ustiga chiqib, uyat soʻzlarni aytib baqir-chaqir qilgan fuqaroga chora koʻrildi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. “Motamsaro ona” haykali oldida huquqbuzarlik qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi, deb xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrida joylashgan “Xotira” maydonidagi “Motamsaro ona” haykali ustiga chiqib, uyat soʻzlarni aytib baqir-chaqir qilgan fuqaroning xatti-harakatlari aks etgan video tarqalgan edi.

Bundan tashqari, u ichki ishlar organi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, uni ham haqorat qilgan. Boz ustiga, u tibbiy niqob taqmasdan karantin qoidasini ham qoʻpol ravishda buzgan.

V sotsialnыx setyax bыlo razmeщeno video, na kotorom vidno, kak mujchina zabralsya na pamyatnik Skorbyaщaya mat
V sotsialnыx setyax bыlo razmeщeno video, na kotorom vidno, kak mujchina zabralsya na pamyatnik "Skorbyaщaya mat"

Shu kabi sabablar tufayli ushbu holat boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi. Maʼmuriy ishlar boʻyicha Boʻstonliq tumani sudida ushbu ishga oid sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Sudya S.Matniyazov raisligida oʻtgan majlisda aniqlanishicha, yuqoridagi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs 1980 yilda tugʻilgan, shu tumanda yashovchi A.T. boʻlib, u zerikib ketganidan shunday holatga yoʻl qoʻygani, mast holda haqoratli soʻzlarni aytganini, ammo hozir bundan pushaymon ekanini bildirgan.

Sud qaroriga koʻra, A.T.ga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Qamoq xarajatlari ham aybdordan undiriladi.

Asosiy mavzular