04:00 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
328 0 0

Eshak aravada boʻlgan 46 yoshli fuqaro hodisa joyida qurbon boʻlgan. Uning 13 yoshli oʻgʻli turli koʻrinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Fargʻonada yuk avtomashinasi eshak aravani urib yuborishi natijasida bir kishi qurbon boʻldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, yoʻl-transport hodisasi 26 may kuni Buvayda tumani Yangiqadam qishlogʻi hududidan oʻtgan Oʻsh-Toshkent A-373 avtomobil yoʻlining 215 kilometrida sodir boʻlgan. “MAN” yuk mashinasining 28 yoshli haydovchisi Toshkent shahar yoʻnalishida harakatlayotib, yoʻlning oʻng chetida eshakka ulangan aravada borayotgan 46 yoshli J.E. va uning voyaga yetmagan farzandi 13 yoshli Z.J.larni urib yuborgan.

Gruzovoy avtomobil nayexal na povozku
Gruzovoy avtomobil nayexal na povozku

Mazkur YTH oqibatida eshak aravada boʻlgan J.E. hodisa joyida vafot etgan, Z.J. esa turli koʻrinishdagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular