O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslanov vafot etdi

Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, aktorning vafotiga saraton xastaligi sabab bo‘lgan. Uning kinodagi so‘nggi ishi 2019-yilda suratga olingan "101-reys" filmi bo‘ldi.

TOShKENT, 30-may - Sputnik. O‘zbek kino va teatri og‘ir judolikka uchradi. Taniqli el sevgan aktor, professional dublyaj ustasi Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda "Qalampir" nashri xabar bermoqda.

Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Mirzo Ulug‘bek haqida film Venetsiya kinofestivalida nufuzli mukofot oldi

Ma’lum bo‘lishicha, aktorning vafotiga saraton xastaligi sabab bo‘lgan.

Hoshim Arslonov 1956-yilda tavallud topgan. 1977-yilda Toshkent teatr institutini tamomlagan. 1977-yildan 2017-yilgacha Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyat yuritgan.

Kino aktori sifatida "Ijarachilar", "Xiyonat", "Singilginam", "So‘nggi qo‘ng‘iroq", "Fidoyilar", "Mening akam bo‘ydoq", "Qasos", "Yorim-bezorim", "Haqiqat kuni", "So‘zsiz sevgi", "Chavandoz", "Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanyapti", "Alpomish", "Marg‘iyona" kabi filmlarda suratga tushgan.

Italiyaning Iskya shahrida xalqaro kinofestivalda "Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon" filmidagi roli uchun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va sovrindor bo‘lgan.

Uning kinodagi so‘nggi ishi 2019-yilda suratga olingan "101-reys" filmi bo‘ldi.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

Yangiliklar lentasi
0