22:30 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Hodisalar
Havola olish
86620

“Qamchiq” dovoni Toshkent-Oʻsh xalqaro avtomobil yoʻlining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir boʻldi - FVV.

TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. Bugun, 11 iyun kuni, soat kechki ikkilarda “Qamchiq” dovoni Toshkent-Oʻsh xalqaro avtomobil yoʻlining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir boʻldi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, Damas mashinasining egasi 42 yoshli fargʻonalik fuqaro Toshkentga qarab harakatlangan. “Qamchiq” dovoniga kelganida haydovchi rulda uxlab qolgan. Oqibatda yoʻlning yon tomonida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Buning natijasida haydovchi mashina salonida siqilib qolgan.

Sotrudniki MCHS spasli voditelya, popavshego v DTP na perevale Kamchi - foto
MCHS Uzbekistana
Sotrudniki MCHS spasli voditelya, popavshego v DTP na perevale Kamchi - foto

Maʼlumotlarga koʻra, voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvichlari yetib kelgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan. Unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Asosiy mavzular