22:19 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
71701

Koʻtarib turuvchi temir-beton konstruktsiyalarining qulashi yuz bergan. Hodisa joyida FVV, boshqa huquq-tartibot idoralari va Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari ish olib bormoqda.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Qarshi shahrida yangi qurilayotgan mehmonxona konstruktsiyasi qulashi oqibatida bir ishchi halok boʻldi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Xabarda taʼkidlanishicha, kuni kecha mahalliy vaqt bilan 21.30-da yangi qurilayotgan besh qavatli mehmonxonaning koʻtarib turuvchi temir-beton konstruktsiyasi qulab tushgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir ishchi hodisa joyida halok boʻlgan.

Qurilish vazirligi sal oʻtmay ushbu obʼyekt noqonuniy qurilish boʻlgani haqida rasmiy bayonot eʼlon qildi.

Vazirlik aniqlik kiritishicha, Qarshi shahar I.Karimov koʻchasidagi "Nasaf Travel" mehmonxonasi binosining oʻng tomonidan qoʻshimcha qurilayotgan 5 qavatli yangi qurilishi yakunlanmagan binoning tom qismidagi beton plita qulab tushgan.

Qashqadaryo viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi tomonidan oʻrganish ishlari ushbu obʼyektidagi qurilish ishlari noqonuniy olib borilganini ochiqlagan.

Asosiy mavzular