01:15 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
225 0 0

14 kun avval Norin daryoga tushib ketgan qirgʻizistonlik oʻsmirning jasadi Oʻzbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. 17 yoshli qirgʻizistonlik oʻsmirning jasadi Oʻzbekiston hududida topildi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston mamlakat FVVga asosan.

Yigit 14 kun avval Jalolobod viloyati Oksiy tumanidagi Norin daryosiga tushib ketgandi. 10 kun davomida FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borishdi, ammo natija bermadi.

28 iyun kuni oʻsmirning jasadi Oʻzbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topildi. U daryo oqimi bilan olib ketgan. Uning shaxsi tasdiqlanib, shu kunning oʻzida jasad qarindoshlarga topshirildi.

Asosiy mavzular