00:14 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Hodisalar
Havola olish
495 0 0

“Malibu” haydovchisi qarama-qarshi yoʻnalishdagi “VAZ 2101” mashinasi bilan toʻqnashib ketgan. “VAZ 2101” haydovchisi va yoʻlovchisi yongʻin chiqqan salonda qolib ketgan.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida ikki kishi dahshatli yoʻl-transport hodisasi qurboni boʻldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

YTH 29 iyun kuni soat 23:30 da Qiziriq tumanidagi 4R 100 avtomobil yoʻlining 81 kilometrida sodir boʻlgan. “Malibu” haydovchisi 31 yoshli Z.T. Bandixon-Qiziriq tumani yoʻnalishida harakatlanib, qarama-qarshi yoʻnalishdagi 56 yoshli Oʻ.X.ning boshqaruvidagi “VAZ 2101”ning  yoʻliga chiqib ketgan. Natijada old oʻng tomoni bilan uning old chap tomoni bilan toʻqnashgan.

Dvoye chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax» posle stolknoveniya s Malibu
Dvoye chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax» posle stolknoveniya s Malibu

YTH oqibatida “VAZ 2101” rusumli avtomashinada yongʻin chiqqan.

“Haydovchi Oʻ.X. va old oʻrindigʻida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 50 yoshli A.J.lar yongʻin natijasida avtomashina salonida qolib ketib, hodisa joyida vafot etgan”, - deyilgan xabarda.

Dvoye chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax» posle stolknoveniya s Malibu
Dvoye chelovek zajivo sgoreli v «Jigulyax» posle stolknoveniya s Malibu

Mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar:
YTH, Surxondaryo

Asosiy mavzular