23:20 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Hodisalar
Havola olish
129814

"Shum bola" obrazi qahramoni 57 yoshida bevaqt olamdan oʻtdi. Hozirda hamkasblari hamda sanʼat ahli Abduvahobovlar oilasiga taʼziya izhor qilmoqda

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Oʻzbek kino va teatri olami ogʻir judolikka uchradi. Oʻistonda xizmat koʻrsatgan artist, barchaga "Shum bola" obrazi orqali yaxshi tanish boʻlgan aktyor Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida bevaqt olamdan oʻtdi.

Hozirda hamkasblari hamda sanʼat ahli Abduvahobovlar oilasiga taʼziya izhor qilmoqda.

Abdurayim Abduvahobov 1963 yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan.

1984 yili M.Uygʻur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat institutini "Drama teatri aktyori” fakultetini bitirib, Milliy teatrda 1991 yildan buyon faoliyat yurtib kelmoqda.

2002 yili "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yili "Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Abduvahobov aktyorlik faoliyati davomida 100 ga yaqin sahna asarlarida turli xarakterdagi kishilar siymosini gavdalantigan.

Asosiy mavzular