20:05 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
1035 0 0

57 yashar otaxonning yashash hovlisi va qoʻshimcha xoʻjaliklari koʻzdan kechirilganda, tomorqasidagi oʻrik daraxti shoxlari orasiga giyohvandlik vositasi aniqlangan

TOSHKENT, 21 iyul - Sputnik. Xatirchi tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan operatsiya davomida otaxonning uyida oʻrik shoxlarida yashirilgan marixuanna aniqlandi, deb xabar qildi Navoiy viloyati IIB axborot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyatida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oʻrta, 6 nafar farzandi bor 57 yashar otaxonning yashash hovlisi va qoʻshimcha xoʻjaliklari xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasidagi oʻrik daraxti shoxlari orasiga giyohvandlik vositasini isteʼmol qilish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

EKB xulosasida, ushbu oʻsimlik ogʻirligi 2,73 gramm boʻlgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aytilgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tuman IIB xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular