20:42 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Hodisalar
Havola olish
23910

“Jomiy” bozori yaqinidagi qurilish mollari doʻkonida yongʻin yuz berdi. Voqea joyida 6 ta oʻt oʻchiruvchilar ekipaji yetib keldi.

TOSHKENT, 22 iyul — Sputnik. Toshkentdagi “Jomiy” bozori yaqinida joylashgan qurilish mollari doʻkonida yongʻin yuz berdi.

FVV maʼlum qilishicha, yongʻin soat 15.34 da boshlangan. Bir necha daqiqada favqulodda hodisa joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta oʻt oʻchirish va qutqaruv guruhi yetib kelgan.

16:14 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan hamda doʻkonlarning 2000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yongʻin natijasida qurilish mollari doʻkonlarida jami 200 kvadrat metr maydoni yonib ketgan.

Yongʻin sabablari ekspertlar tomonidan aniqlanmoqda. 

 

Asosiy mavzular