03:11 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)
401 0 0

Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Tolibayev isitma, umumiy holsizlik va quruq yoʻtal paydo boʻlgach, joriy yil 10 iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus qurboni boʻldi.

Daulet Tolibayev 1983 yil 18 oktyabrda Nukus shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda boshlagan Tolibayev uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Daulet Tolibayev 2019 yildan buyon Qonlikoʻl tumani hokimi edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Tolibayev isitma, umumiy holsizlik va quruq yoʻtal paydo boʻlgach, joriy yil 10 iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga "COVID-19" infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, oʻtkir respirator distress sindrom tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi, miya shishi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda semizlikning 3-darajasi, yurak ishemik kasalligi kabi hamroh kasalliklar ham boʻlgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miya shishidan vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)

Asosiy mavzular