06:56 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Hodisalar
Havola olish
315 0 0

44 yoshli erkak yosh qiz nomidan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida profil ochgan. Bir yigitning suratlarini olgandan soʻng uni butun dunyoga sharmanda qilish bilan qoʻrqitgan.

TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Samarqandda ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini ayol sifatida tanishtirib, tamagirlik qilgan erkak ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 2020 yil 09 iyul kuni 26 yoshli M.E. “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmogʻi orqali “Shoxista Toxirova” profil egasi bilan tanishgan. U oʻzini goʻyoki Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi “Shohista” ismli qiz sifatida tanishtirgan.

Ular yozishib turishgan. M.E. unga rasmlarini yuborgan. Shundan soʻng u jarblanuvchidan 5 mln soʻmni kartasiga oʻtkazmasa, internet tarmogʻida sharmanda qilishini aytgan.

Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida “Shoxista Toxirova” nomli profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X. ekanligi aniqlangan. Jarblanuvchidan talab qilingan puldan maʼlum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular